Sayxunobod tumani Paxtakon mahallasida istiqomat qilayotgan Abdumutalib Bazarmatovning tomorqachilik madaniyatiga ko‘plar havas qiladi. Uning 10 sotixli tomorqa yeridan har yili sabzavot va poliz mahsulotlaridan mo‘l hosil olinadi.
– «Sayxunobod tajribasi» asosida 10 sotix yerga issiqxona tashkil etganmiz, – deydi Abdumutalib Bazarmatov. – Unda pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri yetishtiramiz. Erta bohorda issiqxonaga ekilgan ekinlar hosilini may-iyun oyida bozorga chiqaramiz. Shu tariqa mo‘maygina daromad olyapmiz.
Mirishkorning oilasi berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, qo’y, asalari va parranda parvarishlashni ham yo‘lga qo‘ygan.