Ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida paxta yig‘im-terimi qizg‘in pallaga kirdi.

Mavsum davomida terimchilar uchun mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish hamda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik borasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan alohida ishchi guruhlari shakllantirilib, o‘rganishlar olib borilyapti.

Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari ham mavsumda ishtirok etayotgan fuqarolar hamda terimga mutasaddilar bilan uchrashib, tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan chop etilgan qo‘llanmaning mazmun-mohiyati, mavsumiy ishlarni bajarish to‘g‘risidagi mehnat shartnomasi tuzishning ahamiyati, bolalar mehnatidan foydalanmaslik hamda majburiy mehnatning ta’qiqlanishi yuzasidan tushunchalar berilib, terimchilarga qo‘llanmalar tarqatilmoqdi.

By admin