Sirdaryo viloyatidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, Kasb-hunarga o‘qitish markazlarida 100 nafarga yaqin o‘qituvchi va kasb ustalari, ustozlar faoliyat olib borib, 30 dan ziyod kasb-hunar va xorijiy tillardan taxsil bermoqda.
Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida mazkur muassasalar vakillari 1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan jam bo‘lishdi. Boshqarma boshlig‘i Sh.Yakubov ishtirokchilarni bayram bilan tabriklab, erishilayotgan yutuqlar va istiqboldagi rejalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu natijalarni qo‘lga kiritishga munosib hissa qo‘shayotgan shijoatli xodimlar e’tirof etildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.