O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ459-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Sardoba tumanining «Xalqobod» mahallasidagi Yoshlar va kichik sanoat zonasi hududida 8 gektar yer maydonga “Sardoba Universal Cluster” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 50 mln AQSH dollari bo‘lgan “Ip yigiruv, mato to‘qish va bo‘yash” loyihasi amalga oshirilmoqda.

— Loyiha quvvati yiliga 10 ming tonna tola va 5 mln pg metr mato ishlab chiqariladi.
— Ushbu loyiha asosida jami 1400 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
— Uskunalar Shveysariyaning «RIETER MACHINE WORKS» Co LTD tomonidan ishlab chiqarilgan va olib kelingan.
— Tayyor mahsulot bozori 75% eksport (Rossiya, Turkiya, Xitoy) va 25% mahalliy bozor.
— Ushbu korxonaning kunlik: 80 tonna tola, 5 tonna mato ishlab chiqarish va 5 tonna mato bo‘yash imkoniyatlari mavjud.

By admin