Guliston tumani Ahillik mahallasida «Ayollar daftari»da ro‘yxatda turuvchi, bandligi ta’minlanmagan 5 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun mehnat jihozlari olib berildi.
Fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish maqsadida subsidiya asosida topshirilgan ushbu asbob-uskunalardan endilikda ular o‘zini-o‘zi band qilgan holda qo‘shimcha daromadga ega bo‘lishadi.