O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish tizimini takomillashtirish hamda mehnat organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi mas’ullari hududlarda o‘rganish o‘tkazib, ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarga kasb-hunar o‘rgatish istagida bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilmoqdi.

Jumladan, Sirdaryo tumani Ilg‘or mahallasida talabgor Farzona Otaxonova tomonidan “Ustoz-shogird” an’anasi asosida o‘quv maskani ish boshladi. E’tiborli jihati, tinglovchilar o‘quv kursini tamomlagach, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘ladilar. Natijada fuqarolar muayyan daromadga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot o‘rnida, hozirda 20 nafar ishsiz xotin-qiz tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rganmoqda.

By admin