Guliston shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Azizbek G‘oybnazarov joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Guliston shahrida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan yanvar-dekabr oylarida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Guliston shahri bo‘yicha 2024 yilda ishsizlarni doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish bo‘yicha yillik reja 8018 ta belgilangan. Amalda yanvar-dekabr oylari davomida 10068 taga bajarilgan. Bu yillik rejaga nisbatan 125 foizni tashkil etadi. Xususan, yo‘nalishlar bo‘yicha, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 631 ta, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga 8690 ta, qurilish va kommunal sohada 747 ta tashkil etilgan.
Guliston shahrida yanvar oyida ishga joylashishga muhtoj ishsiz shaxslar 3365 nafarni tashkil etgan. Shundan, 3605 nafari quyidagi yo‘nalishlarda ish bilan ta’minlangan. Joriy yilning yanvar-dekabr oylari davomida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan 2064 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish o‘rinlariga ishga joylashtirildi. Ularning 1205 nafarini ayollar va 1048 nafarini 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etdi.
Shuningdek, joriy yilning yanvar-dekabr oylari davomida 458 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlarida 135 nafar ayollar va 72 nafar 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi. 2024 yilning yanvar-dekabr oylari davomida 647 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqaro kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitishga jalb etilgan bo‘lib, ularning 378 nafar ayollar va 234 nafar 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etdi. 2024 yilning yanvar-dekabr oylari davomida shahar bo‘yicha 436 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolar kvota ish o‘rinlariga ishga joylashtirilgan. Ularning 84 nafarini ayollar va 19 nafarini 16 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etdi. Shuningdek, 52 nafari nogironligi bor shaxslardan iborat. Joriy yil boshida ishga muhtoj sifatida ro‘yxatga olingan 2336 nafar shaxslarning 2064 nafari doimiy ishga joylashtirilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, hududda «Sayxunobod tajribasi» asosida ishlarni tashkil etish choralari ko‘rib borilmoqda. Xususan, «Sayxunobod tajribasi» asosida 10602 ta ish o‘rni yaratilib, aholi bandligi ta’minlandi. Jumladan, doimiy ish o‘rinlari bilan 2995 nafar, o‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar 4999 nafar, YaTTlar orqali band bo‘lgan shasxlar 522 nafar, dehqon xo‘jaliklari orqali 76 nafar, norasmiy ish o‘rinlarini legallashtirish orqali 2010 nafar, «mahalla yettiligi» tomonidan 2775 nafar shaxs ish bilan ta’minlangan.
Shuningdek, ushbu «Sayxunobod tajribasi» asosida aholi bandligini ta’minlash va kichik biznesga ko‘maklashish dasturlari bo‘yicha banklar tomonidan 2613 nafar fuqaroga 97,1 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Natijada 1240 ta ish o‘rni yaratildi, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 847 nafar fuqaroga 21,2 mlrd so‘mlik kreditlar ajratilib, 583 ta ish o‘rni yaratildi. «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida bank orqali 196 nafar fuqaroga 52,1 mlrd so‘mlik mablag‘lar ajratilib, 366 ta ish o‘rni yaratildi. «Biznesga birinchi qadam» dasturi orqali 1523 nafar fuqaroga 22,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratilib, 835 nafar ish o‘rni yaratildi.
Azizbek G‘oybnazarov,
Guliston shahri kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i.