Joriy yilning 13-noyabr kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi xodimlari mini futbol maydoniga yig‘ilishdi.

Asosiy maqsad O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori ijrosini ta’minlash. Shunga muvofiq, boshqarma xodimlari jismoniy faolligini oshirish uchun futbol musobaqasi tashkil etildi.

Bandlik bosh boshqarmasi
Bandlik bosh boshqarmasi

Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari sog‘lom turmush tarziga amal qilishda «Shaxsiy namuna» ko‘rsatib, ushbu mashg‘ulotda faol qatnashishdi.

Ma’lumot uchun, O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan haftaning seshanba va shanba kunlari sportning futbol turi bilan shug‘ullanish yo‘lga qo‘yildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik

bosh boshqarmasi matbuot hizmati

By admin

Fikr bildirish