O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 oktyabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzli va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni to‘g‘risida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda taasarufiy tashkilotlar xodimlariga o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminar-treningdan asosiy maqsad – Davlat tilida ish yuritish hududiy markazlarning faoliyatini takomillashtirish hamda hududiy markazlar xodimlarining bilim va saviya ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Xalqimizning ko‘p asrlik madaniy, ilmiy-ma’rifiy va badiiy tafakkuri, intellektual salohiyatining yorqin va bebaho mahsuli bo‘lgan o‘zbek tili jahondagi boy va qadimiy tillardan biridir.
O‘zbekistonda 1989 yil 21 oktyabrda el-yurtimiz asrlar davomida orzu qilib, intilib va kurashib kelgan davlat tili haqidagi qonunning qabul qilinishi mamlakat suvereniteti va mustaqilligi sari qo‘yilgan dastlabki dadil qadam edi. Aynan ana shu tarixiy hujjatga binoan o‘zbek tili mustahkam huquqiy asos va yuksak maqomga ega bo‘ldi.
Istiqlol yillarida ona tilimiz tom ma’noda davlat tiliga aylanib, xalqimizni yurtimizda erkin va ozod, farovon hayot qurishdek buyuk marralarga safarbar etadigan beqiyos kuch sifatida maydonga chiqdi.

svbandlik.uz
svbandlik.uz

Bugun O‘zbekistonimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh tamoyil asosida taraqqiyotning yangi, yanada yuksak bosqichiga ko‘tarilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida davlat tilining hayotimizdagi o‘rni va nufuzi tobora oshib bormoqda.
Seminar-trening savol-javoblar tarzida muhokamalarga boy bo‘lib, qiziqarli taqdimotlar asosida tashkillashtirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik

bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish