O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14 martda 100-sonli “Xalqaro Amir Temur jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.
Mazkur qarorga asosan, buyuk davlat arbobi Amir Temurning ijtimoiy-siyosiy merosini, madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini chuqur o‘rganish, yosh avlodda milliy iftixor va Vatan tuyg‘usini shakllantirish maqsadlariga xizmat qilish ko‘zda tutilgan.
2020 yil Pandemiya davrida o‘tkazilgan xalqaro ijtimoiy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra aholini ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgan vazirlik, tashkilot va fuqarolar aniqlangan va g‘oliblar “Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi” esdalik nishoni bilan taqdirlanib kelmoqda.
Gʻoliblar orasida viloyatlardan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida bugun mazkur mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. “XALQARO AMIR TEMUR XAYRIYA JAMOAT FONDI»ning ko‘krak nishoni bilan Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i M.Muxammadiyev, boshqarma boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A.Gʻoybnazarov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.Mamatqulov, boshqarma bosh xisobchisi Z.Turapova, boshqarma Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Abduraxmanov, Sardaba tumani Axoli bandligiga ko‘maklashish markazi Bosh xisobchisi M.Shakarova, Oqoltin tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi Kasbga qayta o‘qitishni qayta tashkil etish mutaxassisi N.Xasanova aynan mazkur mukofotga munosib deya e’tirof etilganligini ta’kidlagan Fond vakili S.A’zamova esdalik nishonini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbirda Bosh boshqarma xodimlari xamda tuman va shaxar Axoli bandligiga ko’maklash markazi xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Fond vakili S.A’zamova mamlakatimizda fidokorona mehnatlar hamisha yuksak qadrlanishini hamda ushbu nishon sovrindorlarni yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada faol ishtirok etishga undashini alohida ta’kidladi.
Bandlik bosh boshqarmasi
matbuot xizmati
Bandlik bosh boshqarmasi
matbuot xizmati