Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Baxodir Umurzoqov Sirdaryo tumaniga qilgan tashrifida “Mahallabay” ishlash tizimi va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Uchrashuv davomida Baxt shaxar xokimi X.Fayzullayev bilan Xazina maxallasida «Temir daftar», «Ayollar» va «Yoshlar» daftariga kiritilgan aholining daromad manbaini yaratish, ularni bandligini ko‘maklashi maqsadida amalga oshirilgan ishlar va amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Keyingi manzilda tumani xokimi Botir Mirzaqulov bilan birgalikda «Ishonch» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan «Charosxon Bexruzbek» ishlab chiqarish kooperativida 30 nafar hamda “Intilish” mahallasidagi “Sardorbek Diyorbek” ishlab chiqarish kooperativida mehnat qilayotgan 50 nafar tikuvchi xotin-qizlar mehnat faoliyati uchun yaratilgan shart sharoitlari bilan tanishdi. Tuman hokimi bilan tumanda xuddi shu tartibda yana bir qancha ishlab chiqarish kooperativlar tashkil etish bo‘yicha kelushuvlarga erishildi.

Kunning ikkinchi yarmida viloyatning tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashishi markazlari raxbarlari, Sirdaryo tuman hokimligi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida «Ayollar» va «Yoshlar» daftariga kiritilgan ishsizlarga mehnat organlari tomonidan ko‘rsatilayottgan xizmatlar sifatini oshirish, shu bilan bir qatorda bandligi ta’minlangan fuqarolarni «Ayollar» va «Yoshlar» daftarlardan chiqarish tartiblari tushuntirib o‘tildi. Uchrashuv qizg‘in sovol javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik

bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish