Mirzaobod tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tuman IIB probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar bandligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 25-fevral kuni bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Foto: Mirzaobod tumani hokimligi
Foto: Mirzaobod tumani hokimligi

Tadbir ishtirokchilari, tuman-shaxar, korxona va tashkilotlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirilib, shundan 5 nafar fuqaroga ish bilan ta’minlanishlari uchun yo‘llamalar berildi, 4 ta fuqaro ish bilan ta’minlandi hamda Guliston shahridagi “Ishga marxamat Monomarkazi”ga 2 nafar fuqarolarga o‘qishga yo‘llanmalar berildi.

Shu bilan birga mehnat yarmarkasida ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslarning 8 nafariga Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida, Mehnat muhofazasi hamda mehnat qonunchiligi to‘g‘risida, kasb tanlash, o‘z kasbini o‘zgartirish va o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha huquqiy maslahatlar berildi.

Mirzaobod tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin

Fikr bildirish