Shirin shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markaziga Ergasheva Zulayho Yuldashevna direktor etib tayinlandi. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan o’tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g’olibi bo’ldi.

Zulayho Ergasheva 1989-yil Xovos tumanida tug’ilgan. 2008-yil Shirin energetika kollejini tamomlagan. Hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining (sirtqi) 1-kurs bosqichida iqtisodiyot yo’nalishida tahsil olmoqda. U mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyati Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasida yetakchi mutaxassisi va bo’lim boshlig’i, Guliston shahar tibbiyot birlashmasida bo’lim boshlig’i, Guliston shahar Aholi bandligiga ko’maklashish markazining qator lavozimlarida ishlagan.

Zulayho Ergasheva mazkur tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Kadrlar bo’yicha inspektor lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati va jamoasi yangi lavozimga tayinlangan hamkasbimiz Ergasheva Zulayho Yuldashevnani chin dildan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

By admin

Fikr bildirish