Barchamizga ma’lumki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizdagi barcha shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Foto: Bosh boshqarma matbuot xizmati

Mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni yaratish rejalashtirilgan bo‘lib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida davom etayotgan tadbirlarda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi va tizimidagi tashkilot hamda muassasalari xodimlari ham faol ishtirok etib, hududlarda manzarali daraxtlardan archa, mevali daraxtlardan esa xurmo, o‘rik, gilos, olma hamda olxo‘ri ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hosildorligi yuqori bo‘lgan tok ko‘chatlari ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga beg‘araz tarqatilib kelinmoqda.

Xususan, Oqoltin kasb-hunarga o‘qitish markazida yashil makon loyihasi doirasida 150 tup manzarali va 50 tup mevali ko‘chatlari ekildi. Bugun ekilgan bir dona nihol erta katta daraxtga aylangach, uning soyasi-yu mevasidan katta-yu kichik birdek bahramand bo‘ladi, olayotgan nafasimiz musaffoligi ta’minlanadi.

Foto: Bosh boshqarma matbuot xizmati

Yurtimiz bo‘ylab e’lon qilingan, daraxt ekish, ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashish maqsadida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari va tizimdagi markazlar hamda muassasalar tomonidan ko‘chat ekish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari viloyatning barcha hudud va mahallalarida qizg‘in davom ettirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish