Bahorning ilk bayrami sifatida nishonlanadigan 8-mart «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan bayram tadbirida soha xodimalarining mehnatlari e’tirof etildi.

Xususan, Bosh boshqarma rahbariyati tizim xodimalari hamda tuman shahar, aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy ob’yektlar, ziyoratgohlar, qabristonlar va ariqlarni tozalash kabilar) ishlarga jalb qilingan jamoat ishchilarini tabriklashdi.

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlarda xotin-qizlarning fa’oliyati va erishgan yutuqlari yana bir bora e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi

By admin

Fikr bildirish