Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sanaladi. So’nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida bu borada izchil islohotlar amalga oshirildi.

Binobarin, jamiyatda siyosiy ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi va taraqqiyoti ayollarga, yoshlarga bo‘lgan munosabat va e’tiborga bog‘liq. Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy hayotdagi roli muhim ahamiyatga egaligi sababli ularning mavqei har jihatdan yuqori baholanmoqda. Shuningdek, ishsiz yoshlar, xotin-qizlarni aniqlash, ularga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish va bandligini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sanaladi.

Mirzaobod tumani «Yangi hayot» mahallasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «A’lo sifatli adras» MCHJ tomonidan «Anora» tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. Endlikda mazkur yangi korxonada 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda. Bugungi kunda ishchilarni ishga joylashtirish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish