Ma’lumki, aholining samarali mehnat qilishi, moddiy manfaatdorligini oshirish uchun munosib shart-sharoit yaratib berish mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning tub mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Zero, mehnatga layoqatli kishilarning bandligini ta’minlash fuqarolar turmush farovonligini oshirish, hayot darajasini yuksaltirishning muhim omilidir.

Shu bois istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy sohani rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilib, sohaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asosi yaratildi. Shundan kelib chiqib, har yili yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlashga doir dasturlar qabul qilinib, uning ijrosi izchil ta’minlanayaptiki, pirovardida ishsizlik darajasi yil sayin kamayib bormoqda.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Bu borada Sirdaryo tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi faoliyatiga nazar solsak: “Ayollar daftari” ro‘yxatiga olingan 3 nafar ishsiz ayollarga O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizom talablariga asosan o‘z faoliyatini boshlashlari uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilishlari maqsadida subsidiya ajratildi va tikuv mashinasi bilan ta’minlandi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar fuqaroga bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratildi. 1 nafar fuqaro yengil konstuksiyali issiqxona va yana 1 nafar fuqaro sug‘orish vositasi, 2 nafar fuqaro tomorqaga urug‘lik-ko‘chat bilan ta’minlandi. Shuningdek, 2 nafar fuqaroga xunarmandlar uyushmasiga a’zo badali va 2 nafar fuqaoga YATT ochish uchun a’zolak badallari uchun subsidiya ajratildi.

Xususan, ishsiz fuqarolardan 2-sektor bo‘yicha 4 nafar, 3-sektor bo‘yicha 5 nafar, 4-sektor bo‘yicha 2 nafar fuqarolarga subsidiya ajratilish yo‘li bilan bandligi ta’minlangan. 2022 yilning 10-mart sanasiga qadar 320 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta’minlandi. 485 nafar ishsiz fuqarolarxaq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi. 47 nafar ishsiz fuqaro kasbga qayta o‘qitilmoqda.

Ulardan, 21 nafari traktorist-mexanizatorlik uchun, 11 nafar usta –shogird an’anasi bo‘yicha tikuvchilik yo‘nalishi, 1 nafar kichik mexr shavqat xamshirasi yo‘nalishi, 1 nafar qandolatchilik, 11 nafar kompyuter yo‘nalishi, 2 nafar santexnik yo‘nalishida o‘qitildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

— 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 123 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, — deydi Sirdaryo tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Sanjar Gʻoziyev. — Shundan,yangi kichik korxona va mikrofirmalar tashkil etish hisobiga 55 ta, oilaviy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni tashkil yetish hisobiga 67 ta, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hisobiga esa 1 tani tashkil etadi.

Mehnat bozorida faol hamda aniq maqsadga qaratilgan bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar aholi bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirish, pirovardida hayot darajasini yuksaltirishga mustahkam poydevor yaratadi. Binobarin, aholini ish bilan ta’minlash mamlakatimizda nafaqat iqtisodiy, balki katta ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb masala hisoblanadi. Uning o‘z vaqtida hal etilishidan barcha birdek manfaatdordir.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish