Bugungi kunda ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlarni tizimli ravishda amalga oshirish maqsadida har bir mahalla hududida «Temir daftari», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» ro‘yxatlari shakllantirilib, yangicha tartibda manzilli ishlar amaliyotga tatbiq etilgan. Jumladan, Xovos tumani Adliya bo‘limi tomonidan 15 nafar ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8-iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xovos tumanida kasb-hunarga o‘qitish markazi tashkil etilgan. Bugungi kunda markaz tomonidan ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolar 7 ta yo‘nalishda kasb-hunarga o‘qitilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning fevral oyida tikuvchilik yo‘nalishida 34 nafar, ayollar sartaroshi yo‘nalishida 10 nafar, elektrogaz payvandchilik yo‘nalishida 9 nafar, qandolatchilik yo‘nalishida 20 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilib, ularga stipendiya to‘lanmoqda.

— Hozirgi kunda, Xovos tumani kasb-hunar markazimizda 15 ta yo‘nalish bor, shulardan 7 tasi tashkil etilgan, — deydi Xovs tumani kasb-hunar markazi mutaxassisi Matluba Jalilova. — Maktabni tugatib o‘qishga kiraolmagan bitiruvchilar uchun 3 oylik o‘quv kurslarimiz bor. Ular ham hunar o‘rganishadi, ham kasb o‘rganishib, ularga stipendiya ham beriladi.

Bugun jamiyatimizning barcha jabhasida xotin-qizlarimiz faol, tashabbuskor ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarning esa ko‘lami keng.

«Diyor yangiliklari» videoni ko’rish

By admin

Fikr bildirish