Rossiya Federatsiyasining AO «Rudstroy» (Kursk oblasti) korxonalari qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarga joriy yil 14-mart (dushanba) kuni soat 11:00dan boshlab tanlov o‘tkaziladi.

Ushbu tanlov «Pilot loyiha» doirasida o‘tkazilayotgan bo‘lib, fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida patent uchun hujjatlar (tibbiy ko‘rik, Rossiya tarixi va rus tilidan imtixon, pasport tarjimasi) Toshkentda topshiriladi, Ish joyiga yetib olish uchun aviachipta hamda patent ish beruvchi tomonidan.

Fuqarolar tanlovga fuqarolik hamda mavjud bo’lsa xorijga chiqish (zagran) pasportlari bilan kelishlari so‘raladi.

Ish xaqqi va sharoitlari:

  • “Rudstroy” oylik (haftasiga 5 kunlik kuniga 8 soatdan bo’lsa) — 50 000 rubl, (haftada 6 kunlik, 12 soatdan bo‘lsa) — 65000 rubl; (yotoq, oziq-ovqat bepul)

Tanlov o‘tkaziladigan manzil:
Guliston «Ishga marhamat» Monomarkazi binosida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: Guliston shahar, Xondamir ko‘chasi 47-uy (Mo‘ljal: Sobiq Axborot kolleji)
📞 +998672255559

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin

Fikr bildirish