Sirdaryo viloyati hududlarida Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida, Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat hamda sektor rahbarlari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi va ixtisoslashtirilgan daxldor tashkilotlar xodimlaridan iborat ishchi guruh vakillari tomonidan kuchli yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur holat mas’ullar tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, yuzaga kelgan noqulay vaziyatni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Xususan, Mirzaobod tumanida xaq to’lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar tomonidan suv toplanib qolgan hududlarda suv qochirish ishlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati