Vazirlar Mahkamasining 250-sonli qaroriga asosan Guliston shahrida ishsiz va kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 38 nafar yoshga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida «Yoshlar daftari» jamg‘armasi hisobidan subsidiya asosida asbob-uskunalar topshirildi.
Bugungi kunda Guliston shahrida 265 nafar yoshlar daftarga kiritilgan. Vasiylik kengashi qarori asosida har oy yakunida subsidiya ajratiladi. Bunga bir martalik moddiy yordam, asbob-uskunalar harid qilish uchun subsidiya, oliy va professional taʼlim olayotgan talaba yoshlarning kontrakt to‘lovining 50 foizini to‘lab berish va boshqalar kiradi.
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tavsiyasi asosida yoshlarga yuqoridagi ko‘rsatilgan yordamlar berib boriladi. Batafsil maʼlumot olish uchun Yoshlar ishlari agentligining shahar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Guliston shahar hokimligi Axborot xizmati