O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 йил 19 yanvar kunidagi “Mahalla yoshlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli Qarori asosida shakllantirilgan “Qalqon guruhlari” mahalalarda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik ва huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda Yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlari ko‘maklashish maqsadida yo‘riqnoma asosida tungi patrullikka jalb etilmoqda.
Shu munosabat bilan joriy yilning 25 mart kuni Xovos tumani “Do‘stlik” mahallasida Sirdaryo viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Xovos tumani hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi туман bo‘limi hamda “Qalqon 007” xavfsizlik xizmati MCHJ bilan hamkorlikda mahallalarda ishsiz yoshlardan tuzilgan “Qalqon guruhi” aʼzolarini “Qalqon 007” xavfsizlik xizmati MCHJ tomonida 15 nafar yosh ish bilan taʼminlandi.
Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati