Boyovut tumani Banlikka ko‘maklashish markazi tomonidan hozirgi kunda vaqtincha ishsiz bo‘lgan fuqarolar yoki mehnatga layoqasiz shaxslarni moddiy taʼminlashga majbur bo‘lganlarni bandligini taʼminlash va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Xususan, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022 yilning o’tgan davri mobaynida ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida 1 nafar fuqaroga issiqxona qurib berilgan bo’lsa, 42 nafar fuqaroga turli xil mevali ko’chatlar sub’sidiya asosida berildi. Undan tashqari 20 nafar fuqaroga tadbirkorligini boshlashi uchun ro’yxatdan o’tkazish to’lovlari to’lab berildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Shuningdek, hududda tashkil etilayotgan “Ishga marhamat” mehnat yarmarkalarida ko’plab fuqarolarning bandligi taʼminlanmoqda.

— 39 ta mahallalardagi ishsiz fuqarolardan 300 dan oshig’i jamoat ishlariga jalb qilingan bo’lsa, o’quv maskanlari va usta shogird yo’nalishida 180 nafar fuqaro kasbga qayta tayyorlandi, — Boyovut tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Shavkat Jo’rayev. — 3 marotaba bo’sh ish o’rinlar yarmakasi tashkil qilinib 20ga yaqin fuqaro ishga joylashtirildi. Pilot loyihasi asosida 8 nafar ishsiz fuqarolar Rossiya davlatiga tanlov asosida ishlash uchun yuborildi.

Bandlik sohasida bu kabi amalga oshirilayotgan ishlar aholi bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirish, pirovardida hayot darajasini yuksaltirishga mustahkam poydevor yaratadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin