Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Bandlik bosh boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Guliston davlat universiteti hamda hamkor tashkilotlar birgalikda ertaga, joriy yilning 29-mart kuni soat 11:00da Guliston davlat universitetida talabalar uchun mehnat yarmarkasi o’tkazililadi. Unda, viloyatdagi barcha tuman-shaharlardagi talabalar uchun bo’sh ish o’rinlari mavjud bo’lgan korxona va tashkilotlar, jumladan tadbirkorlik sub’ektlari ishtirok etishadi. Mehnat yarmarka mobaynida talabalar uchun — aholi bandligini oshirishga yo’naltirilgan qator maqsadli kompleks dasturlar, chorvachilik, xizmat ko’rsatish, kasanachilik va boshqa yo’nalishlardagi taqdimotlar o’tkaziladi hamda huquqshunoslar tomonidan mehnatga oid qonunlarga sharhlar, huquqiy maslahatlar beriladi.

Shuningdek, mehnat yarmarkasi o‘tkaziladigan davrda tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar uchun minitexnologiyalar ko‘rgazmasi tashkil etilishi, yarmarka bayramona ruhda madaniy tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin