Mirzaobod tumani “Yangi O’zbekiston” mahalla fuqarolar yigʼinida Bandlik bosh boshqarmasi boshligʼining birinchi orinbosari Alimov Jamshid Abdugappor o’g`lining fuqarolar murojaatlari boʼyicha ommaviy sayyor qabuli oʼtkazildi. Sayyor qabulda tuman Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi direktori, tuman hokimi yordamchilari, maʼsul xodimlar, mahalla fuqarolar yigʼini raisi, oʼrinbosarlari, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.
Samarali tashkil etilgan sayyor qabuldan so’ng, «Yangi O‘zbekiston» mahallasida bandlik sohasidagi muammoli masalalar o‘rganildi.
Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati