O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mexnat munosabatlari vazirligi xuzurida Respublika miqyosida, xususan Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasida ham “Vaziyatlar (situatsion) tezkor markazi” tashkil etilgan. Mazkur markaz hududiy Aholiga ko’maklashish markazlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini monitoring qilish kuzatuv-tahlillar olib borish imkonini beradi.

Bugungi kunda, mazkur markaz tomonidan hududiy Aholiga ko’maklashish markazlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati kunlik monitoringi yo’lga qo’yilgan bo’lib, fuqarolar va xodimlar o’rtasidagi muloqot jarayonlari tahlil qilinib, yuzaga kelayotgan tushunmovchilik tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Xodimlar va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlarda aniqlangan holatlar “Vaziyatlar (situatsion) tezkor markazi” tomonidan tartibga solinib, aybdor sanalgan xodimlarga nisbatan ta’sirchan choralar ko’rilmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin