O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18-martdagi “Afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan bir guruh jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar afv etilgandi. Afv etilgan fuqarolarni ijtimoiy moslashuvini taʼminlash va jamoatchilikka qo‘shish hamda ularni ishga joylashtirish, kasbga yo‘naltirish maqsadida Sirdaryo viloyatidagi hududiy aholi bandligini taʼminlash markazlari tomonidan manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘talmay qolgan 1 yil 3 oy 11 kun jazosi muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan, Mirzaobod tumani “Navbahor” mahallasi Qaldirg‘och ko‘chasida yashovchi fuqaro Munira Qarshiboyevaga tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilib berilib, bandligi taʼminlandi.

Viloyatimiz miqyosida ezgu maqsadlarga qaratilgan bu kabi xayrli tadbirlar davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin