Bugun, 15-aprel kuni «Sirdaryo yoshlari» FM 90.6 radiosida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi Kasbga qayta o‘qitishni tashkil etish shoʻbasi mudiri Ulug‘bek Berdimuratov va Xovos kasb hunarga o‘qitish markazi birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimovlar bilan jonli muloqot bo’lib o’tdi (audio).

Sirdaryo viloyatining chekka hududlarida ishsiz va band bo‘lmagan fuqarolarni qisqa muddatli kasbga o‘qitish hamda qayta tayyorlash bo‘yicha Kasb hunarga o‘qitish markazlaridagi jarayonga bag’ishlangan mazkur jonli muloqot radio tinglovchilari uchun qiziqarli savol-javob tarzida o’tkazildi. Radio studiosidagi telefon raqamlari orqali kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.

Eslatib o’tamiz, joriy yilning 25-mart kuni Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi direktori o’rinbosari Jalolxon Ubaydullayev bilan, shuningdek, 25-fevral kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Nurilla Mamatqulov va Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Aziz Aliqulovlar ishtirokida «Sirdaryo yoshlari» FM 90.6 radiosining jonli muloqot dasturlari tashkil etilgandi.

2022 yil 25-fevral

2022 yil 25-mart

Soha mutaxasislarining mazkur radio jonli muloqot dasturlaridagi chiqishlari davom etadi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin