Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i hamda o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida viloyatimiz hududlari, mahallalarda sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda. Ushbu sayyor qabullar mobaynida aholi vakillari tomonidan sohaga doir kelib tushayotgan murojaatlar aksariyati ijobiy hal etilib, vaqt va qo‘shimcha mablag‘ talab etiladigan muammolar bartaraf etilishi bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, mazkur chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha hududiy Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari rahbarlari bilan hamkorlikda tuzilgan ishchi guruhlar yordamida o‘rganilib, hal etilish choralari ko‘rilmoqda.

Sayyor qabullarda kelib tushayotgan murojaatlar hal etilishiga qaratilgan Guliston tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan ham aholining bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanayotganligi alohida eʼtirof etish lozim. Muammolarga yechim topish maqsadida, tumandagi chet-davlatdan ishlab qaytgan mehnat migrantlari bandligi taʼminlanishida mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan subsidiyalar ajratilib berilmoqda.

— “Ahillik” mahallasida yashovchi fuqaro Mahliyo Mirzaliyeva chet-davlatdan ishlab qaytgandan so‘ng ishsiz ekanligi sababli markaz tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Guliston ishga marhamat “Monomarkazi”da tikuvchilik yo‘nalishida o‘qishini tamomladi, — deydi Guliston tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Furqat Asilbekov. — Shuningdek, “Baxmal” mahallasi Obodan ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Maxfuzaxon Xudayberdiyeva oilasi o‘rganilganida fuqaro ishsiz ekanligi, turmush o‘rtog‘i chet-davlatdan qaytgan mehnat migrantligi inobatga olinib, fuqaroga markaz tomonidan berilgan yo‘llanma asosida Guliston ishga marhamat “Monomarkazi”da tikuvchilik yo‘nalishida o‘qishini tamomladi. Hozirda, har ikkala fuqarolar o‘qishni tamomlab sertifikat olganidan so‘ng, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyanomasiga asosan subsidiya asosida tikuv mashinkasi berish orqali o‘zini-o‘zi band qilib bandligi taʼminlandi.

Guliston tumanidagi subsidiya shartlari asosida texnik asbob-uskunalar olayotgan bu kabi fuqarolar, uy sharoitida daromad topishib, o‘zini-o‘zi band qilishmoqda, aksariyati o‘z hunarlari orqali shogirdlar ham tayyorlashmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin