Bugun, 22-aprel kuni Yangiyer shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligidagi 2022 yil 4 mart kuni o‘tkazilgan «Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida»gi 19-sonli videoselektor yig‘ilish bayonining ijrojini ta‘minlash maqsadida, Guliston davlat universitetining Yangiyer shahrida joylashgan «Pedagogika» fakultetida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tuman-shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari hamkorligida universitetning «Boshlang‘ich ta’lim», «Maktabgacha ta’lim», «Pedagogika-psixologiya», «Texnologik ta’lim» yo‘nalishlari talabalariga mos keladigan bo‘sh ish о‘rinlаri mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati
Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Tashkil etilgan mehnat yarmarka avvalida Guliston davlat universiteti rektori Muhsin Xodjiyev hamda Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurulla Mamatqulov so‘zga chiqib, bugungi kunda talabalar uchun berilgan bu kabi imkoniyatlar kelgusida o‘z natijasini berishini ta’kidlashdi.

— Otkazilgan bosh ish оrinlаri mehnat yarmarkasida 80 ta korxona va tashkilot ozlarida mavjud bolgan 1200 ga yaqin bosh ish orinlari bilan ishtirok etdi, — deydi Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurullo Mamatqulov. — 450 nafar talabalar ishtirok etgan mazkur mehnat yarmarkasida, tuman-shahar aholi bandligiga komaklashish markazlari xodimlariga yarmarka davomida 160 nafar talabalar murojaat etdi, shundan 12 nafariga ishga kirishi uchun yollanmalar hamda 78 nafariga huquqiy maslahatlar berildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarka mobaynida, tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan talabalar uchun minitexnologiyalar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, yarmarka bayramona ruhda o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universitetida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda talabalar uchun tashkil etilgan joriy yilning 29-mart kuni o‘tkazilgan mehnat yarmarkasi 1000 nafardan ziyod talabalarni o‘z qamroviga olgandi. Natijada, 248 ta ishga joylashtirish uchun talabalarga yo‘llanmalar berilgandi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin