Joriy yilning 23 aprel kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali, Sirdaryo viloyati Bandlik boshqarmasi va shahar bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi o’tkazildi. Yarmarkaga tuman va shaharlardan tashkilot, korxona va tadbirkorlik subyektlari jalb qilindi. Yarmarkada ishtirok etgan talabalar mavjud boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻldi.

Foto: Institut matbuot xizmati

Foto: Institut matbuot xizmati

Foto: Institut matbuot xizmati

Foto: Institut matbuot xizmati

Foto: Institut matbuot xizmati

Jumladan 82 nafar talaba bilan ishga qabul qilish boʻyicha kelishuvlar amalga oshirildi. Filialdagi mavjud bo’sh ish o’rinlariga qabul qilish bo’yicha 35 nafar talabaning arizasi ko’rib chiqildi va filial direktori Z.Xakimov tomonidan arizalarga imzo qo’yilib, talabalar ishga qabul qilindi. 30 nafar talaba filialdagi haq to’lanadigan qurilish va ta’mirlash otryadiga jalb qilindi, 15 nafar talabaga daromad topish uchun filialdan xonalar ajratildi va 10 nafar talaba tadbirkorlikka yo’naltirildi.

Tadbir yakunida kelgusida talabalarni ish bilan band qilish hamda yoshlarni bandlik qamrovini yanada kengaytirish masalalarida hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali matbuot xizmati

By admin