Aholini ishga joylashtirish

Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga joriy yilning 3 oyi davomida 579 nafar fuqarolar har-xil yo‘nalishlarda murojaat qilgan bo‘lib, shundan 362 nafari erkak, 317 nafari ayollarni tashkil etadi. Shahardagi ishsiz fuqarolarni joylashishi masalasida 3 oy davomida 84 nafar fuqaroni ishga joylashtirish rejasi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 85 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi (rejaga nisbatan 101.1%) Shundan, 17 nafari yoshlarni tashkil kiladi. Joriy yilning 1-aprel kuni shahrimizdagi 40 ta korxona va tashkilotlarda bo‘sh ish o‘rinlar soni 97 tani tashkil etadi, shundan 93 ta oliy, 4 ta o‘rta-maxsus bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Shahrimizdagi band bo‘lmagan aholining 3 nafariga 3 oy davomida 5,5 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi. Shundan 2 nafar ayollar 1 nafar yoshlar daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolarni tashkil etadi.

Aholini kasbga yo‘naltirish

“Kasbga tayyorlash kurslari” bo‘yicha joriy yilning 3 oy davomida jami 46 nafar fuqarolar kasb o‘quviga yo‘naltirildi. Shundan, 31 nafarni yoshlar tashkil qiladi, ushbu fuqarolarga jami 12,4 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Hozirgi kunga qadar “Guliston qurilish kollejiga” kasbga qayta tayyorlash kurslariga 6 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma orqali yuborildi.

Bundan tashqari Markaz xodimlari tomonidan ishsiz “Ayollar va yoshlar” daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolarni kasb o‘quviga jalb qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Aholini jamoat ishlariga jalb qilish

Xaq to‘lanadigan jamoat ishlariga joriy yilning 3 oy davomida shahrimizdagi ishsiz fuqarolarni 315 nafari jalb qilingan bo‘lib ularni 206,9 mln so‘m oylik ish xaqlari to‘liq tulab berilidi. Shy bilan birgalikda yil boshidan buyon 74 nafar yoshlar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. Aprel oyida 87 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilingan.

Bandlik va mintaqaviy dasturlar bo‘yicha

Joriy yil davomida bandlik dasturini samarali tashkil etish yuzasidan yanvar-mart oylari davomida jami 37 ta ish o‘rinlari yaratildi (2022 yil yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejasi tasdiqlanmagan).

Yoshlarni bandligini taʼminlash

Joriy yilning 3 oyi davomida markaz tomonidan shahardagi yoshlar daftariga kiritilgan jami 32 ta yoshlarni bandligi taminlandi. Joriy yilning mart oyida 10 nafar yoshlarni bandligi tamʼminlanmoqda. 1-chorak uchun reja 31 tani tashkil etadi.

Markazga kelib tushgan murojaatlar

Joriy yilning 3 oyi mobaynida markazga jami 92 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan yozma ravishda 15 ta (ijobiy 7 ta), ishonch telefoni orqali 33 ta (ijobiy 11 ta), Xalq qabulxonasi orqali 9 ta (ijobiy 5 ta) ni tashkil qiladi. Hozirgi kunda 1 ta yurituvda murojaat mavjud.

Zulayho Ergasheva,
Shirin shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori

By admin