Ramazon oyi hamda kirib kelayotgan Hayit ayyomi munosabati bilan xududlarda diniy bag‘rikenglikni taʼminlash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni yana-da obod qilishga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Bugun, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi tashabbusi bilan Sayxunobod tumanidagi “Yangiobod” qabristonini tartibga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish maqsadida hashar uyushtirildi. Hashar davomida qabristonning ichki qismidagi yo‘laklar qayta taʼmirlanib, o‘rindiqlar bo‘yadi, sizot suvlarni qochirish maqsadida tutash hududdagi zovurlar tozalandi, xususan 70 dan ortiq ko‘chatlar oqlandi.

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Foto: Boshqarma matbuot xizmati

Xayrli xashar davomida tumandagi 40 nafar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar ishtirok etishdi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin