Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh mahsulotlar, texnika va texnologiyalar hamda kadrlar tayyorlash masalalari alohida muhim o‘rin tutadi. Bu sharoitda faqat malakali mutaxassislar mehnat bozorining faol ishtirokchisiga aylana oladilar. Ushbu zaruriyat “Ishga marhamat” Monomarkazlar oldiga malakali kichik mutaxassislar tayyorlash sifati va samadorligini oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Bu masala yechimi monomarkazlarda faoliyat ko‘rsatayotgan muxandis-usta kadrlar saviyasiga, o‘quv-amaliyot jarayoni, xususan, tinglovchilarda kasbiy ko‘nikma va malakalarni shakllantiruvchi kasbiy taʼlim jarayonining samarali tashkil etilishiga bevosita bog‘liqdir.

Bugun, 28-aprel kuni Guliston “Ishga marhamat” Monomarkazining “Yosh bolalar uchun enaga, tarbiyachi yordamchisi” yo‘nalishining navbatdagi 1-7 va 1-8 guruhlarining jami 36 nafar tinglovchilar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishni yakunlab sertifikatga ega bo‘lishdi. Shulardan hozirgi kunda 9 nafar ayol va qizlar o‘z ish faoliyatlarini boshlashdi.

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Foto: Monomarkazi matbuot xizmati

Xususan, Zulxaydarova Gulbahor Baxriddin qizi, Abdullayeva Gulbahor Nishonboy qizi, Botirova Diyora Lutfullo qizi, Muxammadiyeva Nasiba Raxmonqulovna, Usmanova Shahlo Alisher qizi, Qurbonova Matluba Rahmonboy qizi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga ishga joylashdi.

Kaneyeva Irina Rustamovna, Karimova Dilobarxon Rayimjanovna va Baxtiyorova Dilnoza Baxtiyor qizilar Guliston shahar va Mirzaobod tumanlarida joylashgan ONMTTlariga ish faoliyatlari bilan band bo‘lishdi.

Guliston “Ishga marhamat” Monomarkazi matbuot xizmati

By admin