Fuqarolarning mehnat, bandlik va migratsiya masalalaridagi murojaatlarini tinglash, bu boradagi dolzarb masalalarni o‘rganish va ularni hal qilish maqsadida Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Umurzakov Baxodir Xamidovich ishtirokida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Ommaviy sayyor qabullar joriy yilning 11-may kuni Sirdaryo va Sayxunobod tumanlari aholisi uchun Sirdaryo tumanidagi “Bahor” to‘yxonasi hovlisida, yozgi ochiq maydonida bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan ommaviy sayyor qabul mobaynida vazirlik rahbariyati bilan birgalikda Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari va bo‘lim boshliqlari, Mehnat Davlat inspeksiyasi masʼul xodimlari, Migratsiya agentligi vakillari, sohaga biriktirilgan kasb-hunar maktablari hamda Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi rahbariyati, mahalliy hokimlik vakillari ishtirok etib, fuqarolarning mehnat organlari masalalaridagi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarini o‘rgandilar.

Murojaatlar asosan bandlik masalalari, ishga joylashish, kasb-hunarga yo‘naltirish, horijga vaqtincha ishga joylashish, shuningdek, subsidiya olish bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarning qonuniy hal etishga oid masalalaridan iborat bo‘ldi. Har bir murojaat vazir o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i hamda tegishliligi bo‘yicha soha masʼullari tomonidan o‘rganib chiqilishi va qonuniy qaror qabul qilinishi qatʼiy nazoratga olindi.

Vazirlik rahbariyatining Sirdaryo viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabullari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin