Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Umurzakov Baxodir Xamidovich viloyatimizda bo‘lib turibdi. O‘tkazilgan samarali sayyor qabullar bilan birgalikda vazir o‘rinbosari sohaga biriktirilgan taʼlim muassasalarida ham bo‘ldi.

Xususan, Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi faoliyatini yana bir bora ko‘zdan kechirib, tinglovchilar hamda kasb-hunar o‘qituvchilari bilan samimiy suhbatda bo‘ldi. Baxodir Umurzakovga viloyat hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nargiza Tojiboyeva hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyevlar hamrohlik qilishdi.

Vazir o‘rinbosari monomarkaz faoliyati bilan tanisharkan, dastlab tinglovchilar muammolari, taklif va fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Kasb-hunar o‘qituvchilaridan kelib tushgan 10 ga yaqin takliflarini yozib olib, yechimi bo‘yicha shaxsan nazoratga olganligini maʼlum qildi.

Baxodir Umurzakov shuningdek Tashqi mehnat migratsiya agentligi viloyat filialida ham bo‘lib, xodimlar taklif, fikr-mulohazalarini o‘rgandi.

Vazir o‘rinbosarining viloyatimizda o‘tkazilayotgan sayyor qabullari davomida Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuv mobaynida o‘qituvchi va o‘quvchilardan kelib tushgan taklif, fikr-mulohazalari asosida masʼullarga zaruriy tavsiyalarini berib o‘tdi.

Maʼlumot o‘rnida, vazirlik rahbariyatining viloyatimiz bo‘ylab amaliy tashrifi davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin