Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Xabarga ko‘ra, yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:

— urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

— halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);

— respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

— Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

— yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;

— I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

— o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar;

— yoshga doir pensiya oluvchilar.

Foto: «Huquqiy axborot» kanali

«Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi», — deyiladi xabarda.

By admin