Avval xabar berganimizdek, mazkur tanlov Guliston shahridagi (3-mavze) Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumida, shuningdek, Shirin shahrida, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan 300 dan ortiq nomzodlar bilan Toshkent shahridagi “Texnopark” MCHJ masʼul xodimlarining ochiq muloqot shaklidagi savol-javobli suhbatlari o‘tkazildi.

Suhbat davomida mutaxassislar tomonidan korxonada tashkil etilgan shart-sharoitlar hamda qulayliklar, imtiyozlar hamda oylik maoshlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Taʼkidlanishicha, ishchilarning ish haqqilari 2 000 000 so‘mdan boshlanishi, shuningdek, yotoqxonalar bilan taʼminlanishi, ish vaqti 08:00dan 19:00gacha, 18-45 yoshgacha bo‘lgan vaqtincha ishsizlarni ishga qabul qilinishi taʼkidlandi.

Maʼlumot o‘rnida, ayni kunlarda tuman va shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarida “Texnopark” MCHJga ishchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda. Talabgorlar hududiy markazlarga murojaat qilishlari mumkin.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin