Bu haqda Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilinib, «E-Qaror»ga joylashtirildi;

Xovos tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022-yilning iyun oyida Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonun talablari bo‘yicha qilingan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotga ko‘ra, tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan 2022-yilning iyun oyida jami 1195 nafar ishsiz fuqarolar “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq ish qidiruvchi sifatida ro‘yxatga olingan.

Ish so‘rab murojaat qilgan fuqarolardan 623 nafarini erkaklar, 572 nafari ayollar tashkil qiladi. Markaz tomonidan ro‘yxatga olingan fuqarolardan 675 nafariga mehnat qonunchiligi,  ijtimoiy nafaqa va boshqalar bo‘yicha maslahat xizmati ko‘rsatildi.

— 186 nafar ishsiz fuqarlar tumandagi korxona va tashkilotlarda mavjud bo‘sh va vakant lavozimlariga ishga joylashtirildi.

— 125 nafar ishsiz fuqarolar tumandagi kasb-hunarga o‘qitish markazi, Guliston mono markaz, Guliston qurilish kolleji va usta Xunarmadlar bilan tashkil etilgan kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi.

— 127 nafar ishsiz fuqarolar tumandagi mahalla fuqarolar yig‘ini va Obodonlashtirish bo‘limida tashkil etilgan  haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.

— 92 nafar ish qidiruvchi shaxslar uchun maqbul keladigan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘lmaganligi sababli ishsizlik maqomi berilib ishsizlik nafaqasi tayinlandi.

— 2022-yilning iyun oyida subsidiya ajratilmadi.

Kengash qarori bilan, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori Inomjon Bobobekovning Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 2022-yilning iyun oyida aholi bandligini ta’minlash boʻyicha qilingan ishlari toʻgʻrisidagi hisoboti qoniqarli deya hisoblanib, uning zimmasiga har oy yakunida bu yoʻnalishda amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida tuman hokimligi va Xalq deputatlari tuman Kengashiga axborot berib borish vazifasi yuklatildi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin