Bu haqda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli qarori imzolanib, «E-Qaror»ga joylashtirildi:

Oliy Majlis Senatining 2022-yil 4-fevraldagi CK-478-IV-son qaroriga asosan tumanda yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini taʼminlash yuzasidan Boyovut tumani Bandlikka koʻmaklashish markazi rahbari Joʻrayev Shovkat Jaynakovichning hisoboti tinglandi. Xususan:

Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga joriy yilning 1-iyul holatiga 3790 nafar fuqarolar har hil yo‘nalishlarda murojaat qilgan bo‘lib, shundan 1677 nafari erkak, 2113 nafari ayollarni tashkil etadi. 2022-yil 1-iyul holatiga 1159 nafar fuqarolarni ishga joylashtirish rejasi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 1182 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi (rejaga nisbatan 102 foiz) Shundan 403 nafari yoshlar va 779 nafari ayollarni tashkil qiladi.

Tumanimizdagi band bo‘lmagan aholining 40 nafariga 01.07.2022 yil holatiga 44.7 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi. 2022-yil 1-iyul holatiga tumandagi 76 ta korxona va tashkilotlarda bo‘sh o‘rinlar soni 165 tani tashkil etadi, shundan 145 ta oliy, 20 ta o‘rta maxsus va o‘rta ma’lumotli fuqarolar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjud. Markaz tomonidan joriy yilning 2022-yil 1-iyul holatiga tumanimizdagi 83 nafar ishsiz fuqarolarga (shundan 34 nafari yoshlar, 49 nafari ayollarni tashkil qiladi) jami 86.7 mln so‘mlik subsidiya ajratildi. Jumladan:

1) 5 nafar fuqaroga tikuv mashinasi (jami 16.6 mln so‘m)

2) 1 nafar fuqaroga payvandlash uskunasi (jami 1.9 mln so‘m)

3) 3 nafar fuqaroga Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun (jami 810.0 ming so‘m)

4) 24 nafar fuqaroga hunarmandchilik uyushmasiga a’zo bo‘lish uchun (jami 19.4 mln so‘m)

5) 50 nafar fuqarolarga ko‘chat va urug‘chilik uchun (jami 47.8 mln so‘m) mablag‘lar ajratilib bandligi ta’minlandi.

Kasbga tayyorlash kurslari bo‘yicha joriy yilning 1-iyul holatiga jami 717 nafar fuqarolar kasb o‘quviga yo‘naltirildi. Shundan 396 nafarni yoshlar tashkil qiladi, “Guliston qurilish kollejiga” kasbga qayta tayyorlash kurslariga 60 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma orqali yuborildi. Hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lib ustoz-shogird yo‘nalishida 137 nafar, Guliston shahridagi “Monomarkazda” 400 nafar tuman hokimi yordamchilari tomonidan berilgan tavsiyanoma orqali o‘qishga yuborildi. Ushbu fuqarolarga stipendiya uchun jami 296.1 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Joriy yil davomida bandlik dasturini samarali tashkil etish yuzasidan yanvar iyun oylari davomida jami 502 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi (Kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish 261 ta, yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish 241 ta, shundan hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lganlar soni 30 tani tashkil qiladi).

Yuqoridagilarni inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi qaror qabul qildi.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) hamda Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjetini shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasiga yuklatiidi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin