Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Tahliliy maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida aholini ishga joylashishida ko‘maklashish, ish axtarayotgan shaxslarni ishga joylashtirish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

2022 yil 1 yarim yilligida tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ish axtarib murojaat qilgan 31 871 nafar fuqarolarning 7 382 nafari (23,2 foizi) ishga joylashtirildi. Ishga joylashtirilganlarning asosiy ulushi Boyovut (1 181 nafar), Sirdaryo tuman (1 130 nafar), Guliston shahar (888 nafar), Xovos tumani (787 nafar) to‘g‘ri keldi.

Bunda, asosiy eʼtibor “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar, muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar va qaytib kelgan mehnatkash-muhojirlarni ishga joylashtirish bo‘yicha har biri bilan alohida ish olib borishga qaratildi.

Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2019 yil 10 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2019-B-sonli buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019 yil 31 mayda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3163) tasdiqlandi.

Mazkur Nizomga muvofiq o‘zini o‘zi band qilib tadbirkorlik faoliyatni boshlamoqchi bo‘lgan 823 nafar ishsiz shaxslarga mehnat qurollari, tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxona o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun 1,4 mlrd.so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Chet elda mehnat faoliyatini tugatib qaytgan mehnatkash-muhojirlarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha mehnat organlari tomonidan aniq tadbirlar amalga oshirildi. Hisobot davrida, Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan qaytib kelgan 6 658 nafar mehnatkash-muhojirlarining 4 914 nafari (73,8 foiz) qurilish, obodonlashtirish, xizmat ko‘rsatish va servis sohalarida ishga joylashtirildi.

Ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni axtarish muddatini qisqartirish maqsadida, hisobot davrida, viloyatda 68 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu yarmarkada 1 465 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud 11 751 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu yarmarkada 6 746 nafar fuqarolar qatnashib, ulardan 1 332 nafariga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi va 4 298 nafariga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahatlar berilib, ushbu yarmaralarni ishsiz fuqarolarni toifasiga qaratgan holda tashkil etilmoqda.

Misol uchun, Guliston davlat unversitetida talabalar uchun, Guliston shahar “Ishga marxamat” monomarkazida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun, Besh tashabbuslar maydonida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirib qaytgan fuqarolar uchun ushbu mehnat yarmarkalari tashkil etildi.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin