Avval rejalashtirilganidek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Mazkur matbuot anjumanida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i va boshliq o‘rinbosarlari, boshqarma bo‘lim mudirlari hamda tuman-shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining viloyat filiali hamda vazirlik tasarrufidagi Guliston «Ishga marhamat» monomarkazi, Sayxunobod, Oqoltin, Xovos kasb-hunarga o‘qitish markazlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Unda ishtirokchilar tomonidan keng jamoatchilikni qiziqtirgan sohaga oid yo‘llangan savollarga tegishli tarzda soha rahbarlari tomonidan javoblar berildi hamda savol-javoblar qizg‘in bahs munozaralarga ulanib ketdi.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin