Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Matbuot anjumani davomida, ishtirokchilar tomonidan soha rahbarlariga keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, ularni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan muammolar xususida ochiq savollar yo‘llandi.

Savol-javoblar qizg‘in bahs-munozaralarga ulanib ketdi. Xususan, viloyatdagi ishsizlar soniga oid raqamlar tahlili, ishsizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, xotin-qizlar va yoshlar bandligini taʼminlash, xorijda ishlash tartibi, jamoatchilik ishlari, ishchilar baxtsiz hodisaga uchraganda ularning yaqinlariga beriladigan amaliy ko‘maklar, majburiy mehnat, ish vaqtidan tashqari ishlaganlar ustidan tekshiruv amaliyoti, mehnat sharoiti va mehnat shartnomasiga oid huquqiy tushunchalar to‘g‘risida yo‘llangan ko‘plab savollarga tegishliligi bo‘yicha viloyatdagi bandlik sohasi rahbarlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin