Avval xabar berganimizdek, bugun 20-iyul kuni Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasining birinchi yarim yillik yakunlariga bag‘ishlangan OAV vakillari, jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyatdagi boshqarmalar, tashkilotlar, muassalar, idoralar shuningdek mahalliy hokimliklar axborot xizmatlari xodimlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumani avvalida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev tomonidan viloyat miqyosida bandlik sohasida 2022 yilning yanvar-iyun oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi tahliliy maʼlumoti o‘qib eshittirildi.

Matbuot anjumani davomida, ishtirokchilar tomonidan soha rahbarlariga keng jamoatchilikni qiziqtirayotgan, ularni o‘ylantirayotgan hamda yechimini kutayotgan muammolar xususida ochiq savollar yo‘llandi.

Shu kabi yo‘llangan savollardan biri bevosita Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari tomonidan Sirdaryo viloyatida byudjet tashkilotlarida tekshirishlar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘ldi. Mazkur savolga Sirdaryo viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig’i o’rinbosari Azizbek Aliqulov tomonidan batafsil maʼlumot berilgandi.

Savollar davomida javob tariqasida ishsiz fuqarolarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish borasida viloyatda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev axborot berdi.

Hisobot davrida ishsizlarni vazirlik tasarrufidagi o‘quv markazlarida, vazirlik tasarrufida bo‘lmagan davlat muassasalarda hamda hunarmandchilik asosida usta shogirtlik yo‘nalishlarida mehnat bozorida talabga ega bo‘lgan mutaxassisliklar, jumladan tikuvchilik va yengil sanoat, qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatish, buxgalterlik, axborot-aloqa sohalarining asosiy mutaxassisliklari bo‘yicha kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda har bir Bandlikka ko‘maklashish markazlarida tashkil etilgan “Bo‘sh ish o‘rinlari banki”da mavjud vakant joylar asosida kasbga tayyorlashni maqsadli amalga oshirish ishlari sezilarli darajada kuchaytirildi.

Ishsizlarning mehnat bozoridagi raqobatga bardoshliligini kuchaytirish va ish bilan taʼminlash maqsadida 3 371 nafar ishsiz fuqaro iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga tayyorlandi bandligi taʼminlashishga erishildi. Bunda alohida takdlab o‘tish joiz bo‘ladiki olis xududlarda o‘quv markazlari qoshidagi maskanlarda ishsizlarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan kurslarda kasblar o‘rgatilmoqda.

Misol uchun, Mirzaobod tumani Haqiqat mahallasidagi o‘quv markazda qandolatchilik, ayolllar va erkaklar sartaroshligi, tikuvchilik, kompyuter savodxonlik yo‘nalishlarida 200 nafardan ortiq fuqarolar kasb xunar sirlarini malakali ustozlardan o‘rganishdi.

Shuningdek, haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi jamoat ishlari jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 799-sonli qaroriga muvofiq, mehnat organlari tomonidan haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Joylardagi hokimliklarning tegishli xizmatlari, birinchi navbatda tuman va shaharlar obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirilishi, o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida maʼlumotlarni taqdim qilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlanishi va karonavirus pandemiyasi sabali ishsiz qolgan hamda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” hamda “Temir daftar”ga kiritilgan ishsiz fuqarolar hamda boshqa shu kabi choralar evaziga Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 8 293 nafar ishsiz fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilib, ularga 7,3 mlrd.so‘mlik ish xaqlari to‘lab berildi. 5,2 ming nafar ishsizlar tuman (shahar) aholi punktlari, mahallalar va boshqa hududlarni obodonlashtirish (ko‘kalamzorlashtirish, tozalash, oqlash, madaniy obyektlar, ziyoratgohlarni tozalash kabi) ishlariga, 157 nafari chorvanasl markazlariga texnik osemenatorlar ishlariga, 13 nafari patronaj xizmati, shu jumladan nogironlar, keksalar, bemorlar va boshqalarni parvarishlash ishlariga jalb qilindi. 236 nafari viloyatda mavjud barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining har biriga ishsiz, vaqtincha ishini yo‘qotgan va xorijga ishlash uchun keta olmagan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida 1 nafardan ishsiz yoshlar “Yordamchi inspektor” vazifasiga qabul qilindi, 612 nafar fuqarolar sanoat va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan berilgan buyurtmalar orqali jamoat ishlariga jalb qilindi. 596 nafar fuqarolar mahalla fuqarolar yig‘inlarida daraxt parvarishlovchi sifatida.

Ushbu dasturlar doirasida jamoat ishlarini tashkil etilishi hududiy hokimliklar oldidagi ko‘plab muammolarni hal etishda o‘zini samarasini berdi. Bundan tashqari jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 4 ta yer xaydash (kultivator) moslamasi ijara asosida 4 nafar fuqarolarga olib berildi. Bundan tashqari yetakchi tadbirkorlarga 100 dan oshiq tikuv mashinkalar berildi, buni natijasida 110 nafar fuqarolarning doimiy bandligi taʼminlandi.

Matbuot anjumaniga oid qiziqarli maʼlumotlar qo‘shimcha tarzda yoritilib boriladi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin