Bu haqda Xalq deputatlari shahar Kengashining tegishli qarori imzolanib, “E-Qaror”ga joylashtirilgan.

Zulayho Ergasheva: Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga joriy yilning 01.07.2022-yil holatiga 1011 nafar fuqarolar har xil yo‘nalishlarda murojaat qilgan bo‘lib, shundan 462 nafari erkak, 549 nafari ayollarni tashkil etadi. Ishsiz fuqarolarni ishga joylashish masalasida 01.07.2022-yil holatiga 211 nafar fuqaroni ishga joylashtirish rejasi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 225 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirildi (rejaga nisbatan 106.6%). Shundan 41 nafari yoshlar, 82 nafari ayollarni tashkil qiladi.

Shahrimizdagi band bo‘lmagan aholining 4 nafariga 01.07.2022-yil holatiga 12.7 mln so‘m ishsizlik nafaqasi to‘lab berildi. 01.07.2022-yil shahrimizdagi 51 ta korxona va tashkilotlarda bo‘sh o‘rinlar soni 153 –tani tashkil etadi, shundan 99 –ta oliy, 54 ta o‘rta maxsus bo‘sh ish o‘rinlari mavjud.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 3163 buyrug‘i (Subsidiya)

Markaz tomonidan joriy yilning 01.07.2022-yil holatiga shahardagi 70 nafar ishsiz fuqarolarga (shundan 9 nafari yoshlar, 36 nafari ayollarni tashkil qiladi) jami 31.3 mln so‘mlik subsidiya ajratildi. Jumladan,

1. 4 nafar fuqaroga tikuv mashinkasi (jami 8.3 mln so‘m)

2. 5 nafar fuqaroga payvandlash uskunasi (jami 7.5 mln so‘m)

3. Tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tigan 5 nafar fuqaroga (jami 1.4 mln so‘m)

4. Hunarmandchilik uyushmasiga a’zo bo‘lish 4 nafar fuqaroga (jami 3.2 mln so‘m)

5. Ko‘chatchilik va urug‘chilik uchun 48 nafar fuqaroga (jami 10.9 mln so‘m) mablag‘lar ajratilib, bandligi ta’minlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 252 qaroriga asosan 7 dona tavsiyanomalar hokim yordamchilariga qaytarilgan.

Kasbga tayyorlash kurslari bo‘yicha joriy yilning 1-iyul holatiga jami 76 nafar fuqarolar kasb o‘quviga yo‘naltirildi. Shundan 32 nafarini yoshlar tashkil qiladi, “Guliston qurilish kolleji”ga kasbga qayta tayyorlash kurslariga 3 nafar ishsiz fuqarolar yo‘llanma orqali yuborildi. Hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lib, ustoz-shogird yo‘nalishida 30 nafar, Guliston shahridagi “Monomarkazda” 9 nafar ayollar markazning yo‘llanmasi orqali o‘qishga yuborildi. Ushbu fuqarolarga jami 113,6 mln so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Shu bilan birgalikda shahrimizdan ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritib kelayotgan “Haqiqiy mebellar olami” mas’uliyati cheklangan jamiyatga 8 nafar hamda “Zulayho Omad” mas’uliyati cheklangan jamiyatga 7 nafar ishsiz fuqarolar kasbga tayyorlash bo‘yicha malakasini oshirish uchun markaz yo‘llanmasi asosida yuborildi. Ushbu fuqarolarga malakasini oshirish uchun jami 32,0 mln so‘m subsidiya mablag‘lari ajratilgan.

Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga joriy yilning 01.07.2022-yil holatiga shahrimizdagi ishsiz fuqarolarni 521 nafari jalb qilingan bo‘lib, ularni 426,7 mln so‘m oylik ish haqlari to‘liq to‘lab berildi. Shu bilan birgalikda yil boshidan buyon 92 nafar yoshlar haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan. Iyun oyida 67 nafar ishsiz fuqarolar jalb qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965 sonli hamda shahar hokimining 2021-yil 11-oktabrdagi 66/9/131/21-sonli qarori “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarini eng kam sonini band qilib qo‘yish”  (kvota)

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan shahardagi 16 ta korxona va tashkilotlarga 92 ta ish o‘rinlarini band qilish yuzasidan xatlar chiqarilgan. 01.07.2022-yil holatiga jami 7 nafar oliy va o‘rta-maxsus ta’lim bitiruvchilarini zaxiralangan ish o‘rinlariga qabul qilindi.

(Bandlik va mintaqaviy dasturlar bo‘limi)

Joriy yil davomida bandlik dasturini samarali tashkil etish yuzasidan yanvar-iyun oylari davomida jami 88 ta ish o‘rinlari yaratildi (kichik korxona va mikrofirmalarni tashkil qilish 31 ta,Yakka tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish 51 ta hamda hunarmand uyushmasiga a’zo bo‘lish 6 tani tashkil qiladi).

(Ayollar daftariga kiritilgan ishsiz fuqarolar yuzasidan)

Shahrimizda 01.06.2022-yil holatiga 360 nafar ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ushbu ayollarning 180 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj (ishsiz) ayollar hisoblanadi. Joriy yilning 1-iyul holatiga 109 nafar ayollarni turli yo‘nalishlarda bandligi ta’minlandi. Jumladan:

1.Doimiy ishga joylashgan 23 nafar

2.Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 25 nafar

3. Kasb o‘quviga 33 nafar

4.Subsidiya 9 nafar

5.Mavsumiy ishlarda 15 nafar

6.O‘zini o‘zi band qilish guvohnomasi 4 nafar.

(Yoshlarni bandligini ta’minlash yuzasidan)

Joriy yilning 15.06.2022-yil holatiga markaz tomonidan shahrimizdagi“Yoshlar daftari”ga kiritilgan jami 36 ta yoshlarni bandligi ta’minlandi. Joriy yilning may oyida 11 nafar yoshlarni bandligi ta’minlandi.

Joriy yilning o‘tgan oyi mobaynida markazga jami 152 ta murojaat kelib tushgan.

Jumladan: Yozma 24 ta (ijobiy 11 ta), Ishonch telefoni 77 ta (ijobiy 21 ta), Xalq qabulxonasi 51 ta (ijobiy 26 ta)ni tashkil qiladi.

Shirin shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Zulayho Ergashevaning 2022-yil ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan deputatlarni tanishtirgan axboroti keng muhokama qilinib, bildirilgan takliflarni inobatga olinib, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari shahar Kengashining qarori qabul qilindi.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin