Odamlar ichiga kirib borish, xalq tashvishlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rganish, ularni adolatli tarzda hal etish davlat ijro va boshqaruv idoralarining ish uslubiga aylanmoqda. Bunda, ayniqsa, xotin-qizlar turush sharoitini yaxshilash bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning yechimi bugungi kunning asosiy vazifasidir.

Sayxunobod tumani “Paymard” mahallasida «Ayollar daftari»da turuvchi ishsiz xotin-qizlar uchun «Bek klaster» MCHJ bilan hamkorlikda ko‘rgazmali seminar tashkil qilindi.

Seminarda «Bek klaster» MCHJning issiqxonasidagi bloklar ishsizlarga shartnoma asosida foydalanish va daromad olish uchun berilishi, yetishtiraladigan mahsulot, ketadigan xarajat, olinadigan sof daromad va mehnat sharoitlari haqida tushunchalar berildi.

Sayxunobod tumani hokimligi Axborot xizmati

By admin