Xabaringiz bor, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi rahbariyati ishtirokida muntazam ravishda OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari hamda viloyat, tuman-shahar hokimliklari, shuningdek viloyatdagi boshqarma-tashkilotlar matbuot xizmatlari xodimlari ishtirokida press-tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Mazkur tadbirlarni kelgusida ham, xususan joriy yil yakuniga qadar o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida boshqarmaning navbatdagi amalga oshirilishi rejalashtirilgan rejalari tasdiqlandi.

Eʼtiborlisi, Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i, o‘rinbosarlari hamda tasarrufdagi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida 2022-yilning 4-chorak (oktyabr, noyabr, dekabr oylari)da o‘tkaziladigan press-tadbirlar rejasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Esanov bilan hamkorlikda o‘tkazilishi ko‘zda tutilib, o‘zaro kelishuv asosida tasdiqlandi.

Maʼlumot o‘rnida, mazkur chora-tadbirlar rejada ko‘rsatilgan mavzulardan ko‘proq o‘tkazilishi, unda keltirilgan media-tadbirlarning o‘tkazilish joyi va vaqti zaruratga qarab o‘zgarishi mumkinligi belgilangan.

Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati

By admin