Guliston tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tashabbusi bilan hududni kesib o‘tuvchi temir yul yoqasida katta hashar uyushtirildi.

Unda tumanning barcha mahallalaridagi jamoat ishchilari ishtirok etib, obodonlashtirish jarayonida begona o‘tlar chorilib va tozalandi. Chiqindilar olib chiqib ketildi.

Axir, temir yo‘llarni “Mamlakat taraqqiyotining qon tomiri” deb bejizga aytilmagan. Bundan tashqari, kun sayin ravnaq topib, rivojlanishda ildamlayotgan yurtimizga sayyohlar oqimi ham ortmoqda. Zamonaviy tezyurar poyezdlarda sayohat qiluvchilar tevarak-atrofni tomosha qilib, xalqimiz haqida taassurotlari ko‘rganlari bo‘yicha gavdalanadi.

Shunday ekan, aholini ham tashabbusga chorlab, chiqindilarni belgilangan joylarga to’kishlarini, xonadonlari atrofidagi yo’lak va tomorqalarini toza tutishlarini so’rab qolamiz.

By admin