Avval xabar berganimizdek, tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabi negizida «Nogironligi bo’lgan ayollarni kasbga o’qitish va band qilish markazi»ni tashkil etish rejalashtirilgan edi.

Oradan 4 kun o’tib, bugun 27-fevral sanasida ushbu markaz rasman ish boshladi. Hozirda markazda o’qish uchun 25 nafar nogironligi bo’lgan ayollar saralab olingan va ularga tikuvchilik kasbini o’rgatish uchun 2 nafar yuqori malakali ustozlar biriktirildi.

Tuman hokimi Ulug’bek Yo’ldoshev hamda Sirdaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Yakubov markazning ochilish marosimida ishtirok etib, markazning tashkil etishilidan ko’zlangan asosiy maqsadni yig’ilganlarga batafsil tushuntirdi.

Shuningdek, shu joyning o’zida tibbiyot birlashmasi hamda MMTB bilan mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnoma imzolandi.

By admin