Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashi sessiyasida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i U.Janzakov axborot berdi.

Deputatlar va OAV vakillari ishtirok etgan sessiyada ta’kidlanganidek, tumandagi 38 ta mahallalarda jami 3944 nafar ishsiz fuqaro hamda mehnatga layoqatli 843 nafar nogiron mavjud.

Shuningdek, joriy yilda 43 ta umumta’lim maktabini 1309 nafar o‘quvchi bitirishi va mehnat bozoriga kirib kelishi kutilmoqda, harbiy xizmatdan qaytadiganlar esa 143 nafarni, migratsiyadan kaytib kelishi kutilayotganlar 2293 nafarni tashkil etmoqda.

Tuman sektor rahbarlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda jami 2967 nafar ishsiz aholining bandligini ta’minlash bo‘yicha sektorlar kesimida alohida dasturlar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, mahalla raislari nuroniylar bilan birgalikda o‘z mahallasini ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirishda jamoatchilikning rolini yanada oshirish zarur.

By admin